Joriy yilning 18-mart kuni Ozbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan viloyat statistika boshqarmalarining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi xodimlari ishtirokida videoaloqa tarzida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazaqov va bo‘lim xodimlari qatnashdilar.
Vebinarda ushbu bo‘lim tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkam asining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarorining bajarilishi yuzasidan viloyat kadastr agentligi bilan hamkorlikda xaritalarni yangilash ishlarini yakuniga yetkazish, OAVda chiqishlarning holati, korxona va tashkilot, ta’lim muassasalarida targ‘ibot va tashviqot ishlarining sifatini oshirish haqida to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari raqamlanmagan uylarni raqamlashtirish ishlarini sifatli nihoyasiga yetkazish haqida alohida ta’kidlab o‘tildi. Bo‘lim xodimlari o‘rtasida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazildi.
Axborot xizmati.