Joriy yilning 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan viloyat statistika boshqarmalarining “Xizmatlar sohasi statistikasi” bolimi xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi.
Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi xodimlari ishtirok etdilar. Seminarda yillik hisobotlar tahlili, hisobotlarni qabul qilishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha fikr almashildi. Qo‘mita mutaxassislari hududiy statistika boshqarmalari xodimlarining bilim va ko‘kmalarini o‘rgandilar. Ko‘rilgan masalalar yuzasidan savol-javob o‘tkazildi.
Axborot xizmati.