Joriy yilning 24-mar kuni Quvasoy shahriga qarashli “Cho‘lpon” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan viloyat statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish” bo‘limi bosh mutaxassisi B.Ahadjonov, yetakchi mutaxassis Sh.Halimova hamda Quvasoy shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi E.Rahmonovlar tomonidan “Cho‘lpon” mahallasiga qarashli ko‘chalardagi raqamlanmagam uylarning sohiblari bilan uylarni raqamlashtirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Bundan tashqari mahalla xaritasidagi barcha obyektlarni to‘griligini, mahallada yashovchi fuqarolarning aniq soni, mavjud ko‘chalarning nomi belgilari ilinishi zarurligi haqida tushuntirishlar berildi.