✅Joriy yilning 25-mart kuni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida Narxlar statistikasi bo‘yicha videoaloqa tarzida yig‘ilish tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining “Narxlar statistikasi” bo‘limi boshlig‘i v.b. A.Pozilov va bo‘lim xodimlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda narx statistik ko‘rsatkichlarini shakllantirish masalalari yuzasidan boshqarma xodimlari o‘z takliflarini berib o‘tdilar. Narx sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza bildirildi.
Axborot xizmati.