📆Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-fevral oylari holatiga viloyat bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 2 547,3 mlrd. so‘mni tashkil etib,📊2021-yilning mos davriga nisbatan 6,1 %ga ko‘paydi. Viloyat miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 87,5 %ni tashkil etdi.
⬇️Shundan eng yuqori ulushga ega hudud:
🔴Marg‘ilon sh. - 548,0 mlrd. so‘m
🟣Qo‘qon sh. - 524,6 mlrd. so‘m
🔴Farg‘ona sh. - 421,5 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.