Joriy yilning 26-mart kuni Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axbarot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori va Farg‘ona viloyati hokimi tomonidan tasdiqlangan media-rejasiga asosan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlki ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori yuzasidan statistika tizimida amalga oshirilayetgan ishlar” hamda “Aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Quvasoy shahar statistika bo‘limi tomonidan amalga oshirilayetgan ishlar” mavzularida press-tur tashkil etildi.
Press-turda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiya a’zolari bilan birgalikda Quvasoy shahar “Cho‘lpon” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘chalar nomlari mavjud belgilarning ilinganligi, har bir xonadon sohiblari bilan uylarni raqamlashtirish bo‘yicha yuzma-yuz suhbat o‘tkazildi hamda mahalla xaritasida ko‘rsatilgan turar va noturar obyektlarni haqiqatda mavjud yoki mavjud emasligini soshlishtirish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mahalla faollariga aholini ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olish haqida tushunchalar berib o‘tildi.
Axborot xizmati.