Barcha joylardagi kabi joriy yilning 26-mart kuni, Quvasoy shahrida joylashgan Farg‘ona Davlat Universitetining sirtqi bo‘limi talabalari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov, bo‘lim bosh mutaxassisi B.Ahadjonov, Quvasoy shahar bo‘limi xodimlari qatnashdilar. Tadbirda aholini ro‘yxatga olish tadbirining maqsadi - mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar yashash shart-sharoitlarini yaxshilash, oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish maqsadida aholi tarkibidagi mamlakatning demografik vaziyatdagi o‘zgarishlarni baholashga doir ma’lumotlar bazasini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi haqida ma’lumot berildi .
Axborot xizmati.