29/03/2022

Joriy yilning  29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi  Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan  hududiy boshqarmalardagi “Dasturiy texnik ta’minot va ma’lumotlarni saqlash” markazi xodimlari ishtirokida videoaloqa tarzida seminar-yig‘ilish tashkil etildi.

photo2022-03-3008-22-38
photo2022-03-3008-22-35
photo2022-03-3008-22-32
photo2022-03-3008-22-28
photo2022-03-3008-22-38 photo2022-03-3008-22-35 photo2022-03-3008-22-32 photo2022-03-3008-22-28

Yig‘ilish jarayonida  boshqarma rasmiy veb saytlarini takomillashtirish, axborot xavfsizligini ta’minlash, 2023-yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi. Markazda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha fikr va mulohazalar bildirildi. Bundan tashqari markaz xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazildi.

 

Axborot xizmati.