Joriy yilning 29-mar kuni Farg‘ona shahriga qarashli “Beglar” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan fuqarolar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan viloyat statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish” bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. Halimova va Farg‘ona shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi B. Ergashevlar tomonidan “Beglar” mahallasiga qarashli ko‘chalaridagi raqamlanmagam uylarning ro‘yxati shakllantirilib, birma-bir raqamlanmagan uylar sohiblari bilan suhbatlashildi.
Bundan tashqari mahalla xaritasidagi barcha obyektlarni to‘griligini, mahallada yashovchi fuqarolarning aniq soni, mavjud ko‘cha nomi belgilari ilinishi zarurligi haqida tushuntirishlar berildi. Mazkur jarayonlar viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.
Axborot xizmati.