30/03/2022

Joriy yilning 30-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy boshqarmalarning “Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari” bo‘limining xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi. Vebinarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari bo‘limi xodimlari ishtirok etdilar.

photo2022-03-3109-57-02
photo2022-03-3109-57-00
photo2022-03-3109-56-57
photo2022-03-3109-57-02 photo2022-03-3109-57-00 photo2022-03-3109-56-57

Vebinar  jarayonida bo‘limga oid tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘liq va sifatli yuritilishini ta’minlash, boshqarma tarmoq va  tuman, shahar statistika bo‘limlarining kuzatuvlarni planshetlar orqali qabul qilish bo‘yicha ishlash usullari haqida hamda bo‘lim xodimlari tomonidan yalpi ichki (hududiy) mahsulot hajmi, o‘sish sur’ati va deflyatorini hisoblash bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazildi. Vebinar so‘nggida, milliy hisoblarning asosiy tushunchalari, qoidalari va ularni milliy statistika amaliyotiga joriy etish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Axborot xizmati.