31/03/2022

Joriy yilning 30-mart kuni  Farg‘ona shahar hokimligining majliuslar zalida Farg‘ona shahrida faoliyat yurutayotgan mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarori mazmun-mohiyatinitushuntirish  bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Seminarda viloyat statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish” bo‘limi mutaxassisi G‘.Mamajonov, Farg‘ona shahar statistika bo‘limi boshlig‘i R.Xasanovlar tomonidan aholini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va kelgysi l0-30 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash haqida axborot berib o‘tildi.

photo2022-04-0317-28-43
photo2022-04-0317-28-39
photo2022-04-0317-28-34
photo2022-04-0317-28-30
photo2022-04-0317-28-43 photo2022-04-0317-28-39 photo2022-04-0317-28-34 photo2022-04-0317-28-30

Bundan tashqari qarorda mahalla fuqarolar yig‘ini zimmasiga quyilgan vazifalar haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Chunonchi, mahallalardagi barcha ko‘chalarning nomlari belgilarining ilingan bo‘lishi, mahalladagi  har bir xonadon sohiblari bilan uylarni raqamlashtirish bo‘yicha yuzma-yuz suhbat o‘tkazilishi hamda mahallaning xaritasida ko‘rsatilgan turar va noturar obyektlarni haqiqatda mavjud yoki mavjud emasligini solishtirish kabi ishlar amalga oshirilishi lozimligi uqtirib o‘tildi. Yig‘ilish so‘ngida mahalla fuqarolar yig‘ini raislariga yuqoridagi masalalar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

                                                                                               Axborot xizmati.