31/03/2022

Joriy yilning 31-mart kuni Quvasoy shahridagi mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish  bo‘yicha seminar tashkil etildi.

photo2022-04-0409-17-29
photo2022-04-0409-17-25
photo2022-04-0409-17-22
photo2022-04-0409-17-20
photo2022-04-0409-17-29 photo2022-04-0409-17-25 photo2022-04-0409-17-22 photo2022-04-0409-17-20

Seminarda viloyat statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish” bo‘limi bosh mutaxassisi B.Ahadjonov, mazkur bo‘limning mutaxassisi G‘.Mamajonovlar tomonidan aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olish, qarorda mahalla fuqarolar yig‘ini zimmasiga quyilgan vazifalar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Chunonchi, mahallalardagi barcha ko‘chalarning nomlari belgilarining ilingan bo‘lishi, mahalladagi  har bir xonadon sohiblari bilan uylarni raqamlashtirish bo‘yicha yuzma-yuz suhbat o‘tkazilishi hamda mahallaning xaritasida ko‘rsatilgan turar va noturar obyektlarni haqiqatda mavjud yoki mavjud emasligini solishtirish kabi ishlar amalga oshirilishi lozimligi uqtirib o‘tildi. Yig‘ilish so‘ngida mahalla fuqarolar yig‘ini raislariga yuqoridagi masalalar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

                                                                                               Axborot xizmati.