05/04/2022

Joriy yilning 5-aprel kuni Farg‘ona viloyati Yoshlar ishlari agentligi faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mohiyati va mazmunini tushuntirish yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

photo2022-04-0609-51-03
photo2022-04-0609-51-00
photo2022-04-0609-50-56

Seminarda viloyat statistika boshqarmasi mutaxassisi G‘. Mamajonov ishtirok etib,  ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish–bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbaasi bo‘lib xizmat qilishi haqida axborot berib o‘tdi.

 

Axborot xizmati.