Joriy yilning 6-aprel kuni Rishton tumani hokimligining majlislar zalida Rishton tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda viloyat statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish” bo‘limi mutaxassisi G‘.Mamajonov qatnashdi.
Seminarda aholini ro‘yxatga olish natijasida hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha siyosiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur ma’lumotlarni olish, aholi sonini ishonchli hisoblash, shuningdek, aniq belgilab qo‘yilgan yagona hisobga olish davrida aholining jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlari bo‘yicha yakka tartibda hisobga olish va batafsil tavsiflashning universal usulini ishga solgan holda rasmiy statistika tizimida asosiy rol o‘ynayshi haqida axborot berildi. Bundan tashqari mahallalardagi barcha ko‘chalarning nomlari belgilarining ilingan bo‘lishi, mahalladagi har bir xonadon sohiblari bilan uylarni raqamlashtirish bo‘yicha yuzma-yuz suhbat o‘tkazilishi hamda mahallaning xaritasida ko‘rsatilgan turar va noturar obyektlarni haqiqatda mavjud yoki mavjud emasligini solishtirish kabi ishlar amalga oshirilishi lozimligi uqtirib o‘tildi. Yig‘ilish so‘ngida mahalla fuqarolar yig‘ini raislariga yuqoridagi masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati.