07/04/2022

Joriy yilning 7-aprel kuni Farg‘ona viloyati televideniyasi, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi hamda tuman statistika bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish yuzasidan Buvayda tumaniga qarashli Pedagogika kolleji talabalari ishtirokida seminar tashkil etildi.

photo2022-04-0809-53-39
photo2022-04-0809-53-36
photo2022-04-0809-53-34
photo2022-04-0809-53-31
photo2022-04-0809-53-39 photo2022-04-0809-53-36 photo2022-04-0809-53-34 photo2022-04-0809-53-31

Seminarda aholini ro‘yxatga olish jarayonida mehnat va uy-joy bozorlarini o‘rganish va rejalashtirish, respublika budjetini tuzish, transport siyosatini yuritish, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalari, til va diniy siyosat masalalarida juda muhim ma’lumotlarni olish, ularni umumlashtirish va yagona axborot tizimiga yig‘ish kabi ishlar amalga oshirilishi haqida so‘z yuritildi. Seminardan so‘ngida  talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

 

Axborot xizmati.