Mamlakatimizning barcha joylarida aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish ishlari olib borilmoqda. Hududlardagi oliy, o‘rta-maxsus va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida mazkur tadbirning mohiyati va mazmuni haqida keng targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.
Chunonchi, joriy yilning 7-aprel kuni Uchko‘prik tumani Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasiga o‘tkazilgan seminar bunga misol bo‘la oladi. Mazkur tadbirda Farg‘ona viloyati televideniyasi, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi va tuman statistika bo‘limi mutaxassislari qatnashdilar.
Mutaxassislar tomonidan aholini ro‘yxatga olish jarayonlari mamlakatimizda ilk marotaba o‘tkazilayotgani va u 3-boshqichda amalga oshirilishi, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida keng va atroflicha tushuncha berib o‘tildi. “Barcha aholi punktlari bo‘yicha aholini ro‘xatga olish, aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, kasbi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurslari, bandligi va ishsizligi, daromad manbalari kabilar bo‘yicha batafsil ma’lumotga ega bo‘ldik”- deydi maktab direktori M.Xushnazarova televideniyaga bergan intervyusida.