Joriy yilning 8-aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlki ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarorining bajarilishu yuzasidan joylardagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining xaritalari qayta ko‘rib chiqilmoqda.
Mana shunday jarayon Beshariq tumanidagi “Yangi hayot‘” MFY ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur jarayonda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh mutaxassisi B.Ahadjonov hamda “Yangi hayot” MFYning tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokimining yordamchisi O.Komilov bilan hamkorlikda mahallaga qarashli ko‘chalar nomlari mavjud belgilarning ilinganligi, har bir xonadon sohiblari bilan uylarni raqamlashtirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda mahalla xaritasida ko‘rsatilgan turar va noturar obyektlarni haqiqatda mavjud yoki mavjud emasligini soshlishtirish ishlari amalga oshirildi.
Axborot xizmati.