Joriy yilning 8-aprel kuni Furqat tumani hokimligining majliuslar zalida Furqat tumani mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda viloyat statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish” bo‘limi mutaxassisi G‘.Mamajonov hamda Furqat tumani statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qarorda mahalla fuqarolar yig‘ini zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, mahallalardagi barcha ko‘chalarning nomlari belgilarining ilingan bo‘lishi, mahalladagi har bir xonadon sohiblari bilan uylarni raqamlashtirish bo‘yicha yuzma-yuz suhbat o‘tkazilishi hamda mahallaning xaritasida ko‘rsatilgan turar va noturar obyektlarga aniqlik kiritish kabi ishlar amalga oshirilishi lozimligi uqtirib o‘tildi. Yig‘ilish so‘ngida mahalla fuqarolar yig‘ini raislariga yuqoridagi masalalar bo‘yicha tegishli tartibda topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati.