12/04/2022

Joriy yilning 8-aprel kuni O‘zbekiston tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarori mazmun va mohiyatini tushuntirish  bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Seminarda viloyat statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish” bo‘limi mutaxassisi G‘.Mamajonov tomonidan aholini ro‘yxatga olish natijasida olingan ma’lumotlar ijtimoiy himoya, investitsiya, uy-joy, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm, ta’lim, yo‘l qurilishi va infratuzilma kabi manzilli dasturlarning tayyorlanishi va amalga oshirilishida xizmat qilishi, qarorda mahalla fuqarolar yig‘ini zimmasiga yuklatilgan vazifalar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

photo2022-04-1218-02-47
photo2022-04-1218-02-42
photo2022-04-1218-02-38
photo2022-04-1218-02-34

Chunonchi, mahallalardagi barcha ko‘chalarning nomlari belgilarining ilingan bo‘lishi, mahalladagi  har bir xonadon sohiblari bilan uylarni raqamlashtirish bo‘yicha yuzma-yuz suhbat o‘tkazilishi hamda mahallaning xaritasida ko‘rsatilgan turar va noturar obyektlarni haqiqatda mavjud yoki mavjud emasligini solishtirish kabi ishlar amalga oshirilishi lozimligi uqtirib o‘tildi. Yig‘ilish so‘ngida  muzokaralar bo‘lib o‘tdi va mahalla fuqarolar yig‘ini raislariga yuqoridagi masalalar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

                                                                                               Axborot xizmati.