Respublikamizning barcha joylarida ist’emol narxlari indeksi va 5-narx (do‘kon) kuzatuvlari o‘tkazilmoqda Mana shunday kuzatuvlar Farg‘ona viloyatida ham tashkil etildi. Jumladan, joriy yilning 12-aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev, Farg‘ona tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Iymatovlar ishtirokida Farg‘ona tumani 5-narx (do‘kon) xaftalik kuzatuvlarining uyushgan savdo majmualari bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, savdo majmualardagi narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligini kuzatdilar va narxlarni planshetlarga kiritish bo‘yicha registratorlarga amaliy yordam ko‘rsatildi hamda Farg‘ona tumanidagi real narxlarni kuzatish tartiblari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Axborot xizmati.