14/04/2022

Barcha joylardagi kabi Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani hokimligining majlislar zalida joriy yilning 13-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarorining bajarilishi yuzasidan tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida seminar tashkil etildi.

photo2022-04-1510-11-09
photo2022-04-1510-11-06
photo2022-04-1510-11-03
photo2022-04-1510-11-11
photo2022-04-1510-11-09 photo2022-04-1510-11-06 photo2022-04-1510-11-03 photo2022-04-1510-11-11

Seminarda viloyat statistika boshqarmasining mutaxassisi G’.Mamajonov ishtirok etib, aholini ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olish, mahalladagi har bir xonadonga kirib, ushbu tadbir yuqori saviyada o‘tishi uchun savolnomada berilgan savollarga to‘g‘ri, xolis va shaffov javob berishlari,raqamlanmagan uylarni raqamlashtirish ishlarini nihoyasiga yetkazish, mahalla xaritasidagi turar va noturar obyektlarni solishtirish kabi ishlari tez fursatda va sifatli tugatish haqida to‘xtalib otdi. Ma’ruza so‘ngida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Axborot xizmati.