Viloyatimizning barcha joylarida aholini ro‘yxatga olish jarayоnlariga tayyorgarlik ko‘rish ishlari davom etmoqda. Joriy yilning 14-aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov, mazkur bo‘lim bosh mutaxassisi B.Ahadjonov hamda Buvayda tumani “Arab” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida mahalladagi ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi, raqamlanmagan uylarning raqamlashtirish ishlari hamda mahalla xaritasidagi turar va noturar obyektlarning mavjud yoki mavjud emasligi qaytadan ko‘rib chiqildi.
Mahallada istiqomat qilayotgan fuqarolarga aholini ro‘yxatga olish jarayonlari ne chog‘li zarurligi, mamalakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga juda katta ta’sir etishi haqida tushuncha berdilar.
Axborot xizmati.