15/04/2022

Viloyatimizning barcha joylarida aholini ro‘yxatga olish jarayоnlariga tayyorgarlik ko‘rish ishlari davom etmoqda. Xususan, Uchko‘prik tumanigaq qarashli “Boboshbek” mahalla fuqarolar yig‘inida ham mazkur jarayonga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 14-aqprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov, mazkur bo‘lim bosh mutaxassisi B.Ahadjonov hamda Uchko‘prik tumani “Boboshbek” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining bajaralishi yuzasidan mahalladagi ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi, raqamlanmagan uylarning raqamlashtirish ishlari hamda mahalla xaritasidagi turar va noturar obyektlarning mavjud yoki mavjud emasligi qaytadan ko‘rib chiqildi.

photo2022-04-1610-06-34
photo2022-04-1610-06-32
photo2022-04-1610-06-21
photo2022-04-1610-06-37
photo2022-04-1610-06-34 photo2022-04-1610-06-32 photo2022-04-1610-06-21 photo2022-04-1610-06-37

Mahallada istiqomat qilayotgan fuqarolarga aholini ro‘yxatga olish jarayonlari ne chog‘li zarurligi, mamalakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga juda katta ta’sir etishi haqida tushuncha berdilar.

Axborot xizmati.