Joriy yilning 14-aprel kuni Yozyovon tumaniga qarashli 3-umumiy o‘rta tra’lim maktabi jamoasi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan targ‘ibot va tashviqot ishlari o‘tkazildi.
Seminarda Yozyovon tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi A.Hakimov tomonidan qarorning mohiyati va mazmuni haqida to‘xtalib, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida keng va atroflicha tushuncha berildi.
Yozyovon tumani statistika bo‘limi.