Joriy yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommnikatsiyalar agentligi direktori hamda Farg‘ona viloyati hokimi tasdiqlagan media-rejaga asosan 2022-yil 1-chorakda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Farg‘ona viloyati bo‘yicha sanoat sohasi statistikasi ko‘rsatkichlari” mavzusidagi ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev Farg‘ona shahrida faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlarga Sanoat statistika ko‘rsatkichlarni shakllantirishda avtomatlashtirilgan Estat-4 dasturi orqali yuborilgan hisobotlarni qabul qilish yo‘llari, uslublari, uning afzaliklari haqida gapirib o‘tdi. Tadbirkorlar tomonidan qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Axborot xizmati.