Joriy yilning 15-aprel kuni Dang‘ara tumaniga qarashli “Katta minglar” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi hamda Dang‘ara tumani statistika bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda mahallaning xaritasidagi barcha ko‘chalar, turar va noturara obyektlari to‘g‘riligi solishtirib o‘tildi.
Bundan tashqari mahallalardagi barcha ko‘chalarning nomi belgilarining ilingan bo‘lishi, mahalladagi har bir xonadon sohiblari bilan uylarni raqamlashtirish bo‘yicha tushunchalar berib o֮tilishi shartligi uqtirib o‘tildi.