Joriy yilning 19-aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i S.Shamshidinov, boshqarmaning “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Pazilov va Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Umurzakovalar ishtirokida Marg‘ilon shahar 5-narx (do‘kon) xaftalik kuzatuvlarining uyushgan savdo majmualari bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, savdo majmualardagi narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligini kuzatdilar va narxlarni planshetlarga kiritish bo‘yicha registratorlarga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, kuzatuv jarayonida tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotning belgilangan xususiyatlari o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi tekshirildi hamda kuzatuvni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati.