✅Joriy yilning 20-aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i S.Shamshidinov, boshqarmaning “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Pazilov va Farg‘ona shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi I.Numonivalar ishtirokida 5-narx (bozor) xaftalik kuzatuvini Farg‘ona dehqon bozoriga chiqib, bozor narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligini kuzatdilar va narxlarni planshetlarga kiritish bo‘yicha registratorlarga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, kuzatuv jarayonida Farg‘ona shahridagi real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Axborot xizmati.