Joriy yilning19-aprel kuni Furqat tumaniga qarashli 8- umumiy o‘rta ta’lim maktabining jamoasi ishtirokida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining”Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘I A.Abdurazakov ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qarorining mohiyati va mazmuni haqida to‘xtalib o‘tdi.
Aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari ijtimoiy himoya, investisiya, uy-joy, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm, ta’lim, yo‘l qurilishi va infratuzilma kabi manzilli dasturlarning tayyorlanishi va amalga oshirilishida xizmat qilishi, kelgusida aholini ro‘yxatga olish natijalariga asoslanib, ushbu dasturlarni amalga oshirish, iqtisodiy prognozlash va demografik siyosatni shakllantirishda muhim o‘ringa ega ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Axborot xizmati.