20/04/2022

Joriy yilning 19-aprel kuni Furqat tumaniga qarashli 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazildi.

photo2022-04-2114-21-59
photo2022-04-2114-22-02
photo2022-04-2114-21-59 photo2022-04-2114-22-02

Seminarda viloyat statistika boshqarmasi bosh mutaxassisi B.Ahadjonov ishtikokchilarga aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi va u 3 bosqichda amalga oshishi, bundan tashqari bugungi kunda mazkur tadbirga tayyorgarlik ishlari, xususan, mahallalardagi ko‘cha nomlari, raqamlanmagan uylarning raqamlanishi, ro‘yxatga olish jarayonida barcha mahalladagi fuqarolar  faol qatnashishlari zarurligi haqida tushuncha berildi

 

Axborot xizmati.