✅Joriy yilning 20-aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Mamadaliyev, Rishton tumani statistika bo‘limi boshlig‘i O‘.Teshaboyev, mazkur bo‘lim yetakchi mutaxassisi I.Karimovlar ishtirokida Rishton tumani 5-narx (bozor) xaftalik kuzatuvlari o‘tkazildi. Unda narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi kuzatildi va narxlarni planshetga kiritish bo‘yicha registratorlarga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, kuzatuv jarayonida tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotning belgilangan xususiyatlari o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi tekshirildi hamda kuzatuvni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati.