Joriy yilning 20-aprel kuni Oltiariq tumaniga qarashli 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi va yuqori sinf o‘qivchilari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda Oltiariq tumani statististika bo‘limi bosh mutaxassisi E.Normatov qatnashib, u xususan aholini ro‘yxatga olish jarayonlari 2023-yilda o‘tkazilishi, hozirgi kunda ushbu jarayonga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilayotganligi haqida to‘xtalib, aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi kabi ma’lumotlar to‘planishi va yagona elektron bazaga kiritilishi haqida axborot berib o‘tdi.
Oltiariq tumani statististika bo‘limi.