22/04/2022

✅Joriy yilning 22-aprel kuni, Quva tumani 63-sonli ixtisoslashgan maktab o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Tadbirda Quva tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi V.Mirzayev qatnashdi.

photo2022-04-2309-45-45
photo2022-04-2309-45-42
photo2022-04-2309-45-39
photo2022-04-2309-45-36
photo2022-04-2309-45-45 photo2022-04-2309-45-42 photo2022-04-2309-45-39 photo2022-04-2309-45-36

U o‘z so‘zida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyati haqida tushuncha berib, aholini ro‘yxatga olish jarayonlari mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Quva tumani statistika bo‘limi.