26/04/2022

✅"O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan joriy yilning 25-aprel kuni Quvasoy shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi N.Niyozov tomonidan 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining pedagog va xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

U xususan, aholini ro‘yxatga olish O‘zbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iborat ekanligi, aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar yashash shart-sharoitlarini yaxshilash kabi ma’lumotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Quvasoy shahar statistika bo‘limi.