26/04/2022

📆Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-mart holatiga viloyat bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida ishlab chiqarish sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu iqtisodiy faoliyat turida jami moliyalashtirish manbalari
hisobidan 2 155,6 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan
investitsiyalarning 78,4 %i o‘zlashtirilgan.

⬇️Shundan:
🔴Boshqa nometall mineral mahsulotlari ishlab chiqarish – 301,1 mlrd. so‘m
🔴To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – 602,1 mlrd. so‘m
🔴Koks va qayta ishlangan neft mahsulotlarini ishlab chiqarish –190,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.