28/04/2022

Joriy yilning 28-aprel kuni  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida Farg‘ona viloyatida faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida “Farg‘ona viloyatining 2022-yil yanvar-mart holatiga sanoat  mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Mamadaliyev, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev, “Sanoat statistikasi” bo‘limi boshlig‘i O’.Umarov hamda mazkur bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari  M.Valiyevalar qatnashdi. 

photo2022-04-2911-14-22
photo2022-04-2911-14-20
photo2022-04-2911-14-17
photo2022-04-2911-14-14

Anjuman jarayonida Farg‘ona viloyatining 2022-yilning yanvar-mart oylarida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari tomonidan 6 266,5 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilganligi va u 2021-yilning yanvar-mart oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 106,6 % ni tashkil etganligi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat  va iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan sanoat mahsulotlari  ishlab chiqarilishi haqida so‘z yuritildi. Shundan so‘ng  ko‘rilgan masalalar bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Xususan, viloyatdagi yirik korxonalarning  jami sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmidagi ulushi, kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan Estat-4 elektron dasturi bo‘yicha jo‘natilgan hisibotlarni qabul qilishdagi  muammolar va afzaliklari,  viloyatda faoliyat olib borayotgan sanoat korxonalari soni va ularning faoliyat turlari haqida ma’lumotlar berildi.

 

Axborot xizmati.