O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 20- dekabrdagi PF– 35- son "2022- yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi Farmoni hamda yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan, statistika hisobotlarining quyidagi shakllarini topshirish muddatlari 2022 –yil 7 –maygacha uzaytiriladi:
✅1-invest (xorijiy) shakli
✅12-narx (xarid) shakli
✅12-korxona shakli
✅12-korxona (sanoat) shakli (12-korxona shakliga ilova)
✅12-korxona (savdo) shakli (12-korxona shakliga ilova) “
✅12-korxona (xizmat) shakli (12-korxona shakliga ilova)
Shu bilan birga, Davlat statistika qo‘mitasi serverlari kechayu-kunduz ishlashini va Sizning хohishingizga qarab hisobotlarni belgilangan muddatdan avval yuborishingiz mumkunligini ma’lum qilamiz.