Joriy yilning 28-aprel kuni O‘zbekiston tumaniga qarashli “Yaypan guzar” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan fuqarolar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan viloyat statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish” bo‘limi boshlig‘I A.Abdurazakov hamda “Yaypan guzar” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi A.O‘rinovlar tomonidan “Yaypan guzar” mahallasiga qarashli ko‘chalaridagi raqamlanmagam uylarning ro‘yxati shakllantirilib, birma-bir raqamlanmagan uylar sohiblari bilan suhbatlashildi.
Bundan tashqari mahalla xaritasidagi barcha obyektlarni to‘griligini, mahallada yashovchi fuqarolarning aniq soni, mavjud ko‘cha nomi belgilari ilinishi zarurligi haqida tushuntirishlar berildi. Mazkur jarayonlar viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.
Axborot xizmati.