🏢Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra,2022-yil yanvar-mart holatiga, Farg‘ona viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi joriy narxlarda 9 261,2 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 📊2021-yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 5,2 %ga o‘sdi. YAHM deflyator indeksi 2022-yilning yanvar-martidagi narxlarga nisbatan 114,7% ni tashkil qildi. O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning hakllanishida Farg‘ona viloyatining qo‘shgan hissasi 5,7 %ga yetdi.