🏢Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-aprel holatiga viloyat bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 2944,5 mlrd. so‘mni yoki 2021–yilning mos davriga nisbatan 104,0 %ni tashkil etdi. Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Farg‘ona viloyatining ulushi 8,8 %ni tashkil etdi.
👇Shu jumladan:
🌾Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 2 850,0 mlrd. so‘mni
🌲O‘rmon xo‘jaligi – 72,8 mlrd. so‘mni
🐟Baliq xo‘jaligi – 21,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi.