10/05/2022

Joriy yilning 10-may kuni Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparatidan biriktirilgan vakil Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig‘i B. Irgashev hamda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi щrinbosari Sh.Mamadaliyev va viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasining mas’ul rahbarlari, supervayzerlar, ishchi guruh a’zolariga o‘quv seminari tashkil etildi.  Mazkur tadbir viloyat statistika boshqarmasi hamda viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish va chiqishga oid turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuv o‘tkazish jarayonini amalga oshiradi, shuningdek, respublika eksportida turizm hajmini to‘liq hisobga olinishini, turizm statistikasi ko‘rsatkichlarini va turizm yordamchi hisobini shakllantirishni ta’minlaydi.

photo2022-05-1105-43-18
photo2022-05-1105-43-15
photo2022-05-1105-43-11
photo2022-05-1105-43-07
photo2022-05-1105-43-18 photo2022-05-1105-43-15 photo2022-05-1105-43-11 photo2022-05-1105-43-07

Kuzatuvning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

Kiruvchi turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuv O‘zbekiston Respublikasiga chet eldan tashrif buyuruvchilarga va chet elga safar qilgan O‘zbekiston rezidentlaridan ixtisoslashgan so‘rovnomadan foydalangan holda o‘tkaziladi. Kuzatuv natijasi asosida turistlar oqimi, turistlarning safar maqsadi va davomiyligi, respublika hududida chet ellik turistlarning hamda va chet elga safar qilgan O‘zbekiston rezidentlarining amalga oshirgan sarf-harajatlari tarkibi kabi ma’lumotlar shakllanadi. Bundan tashqari  Respublikaning turizm bo‘yicha eksport-import ko‘rsatkichi tanlanma kuzatuv natijalari asosida bitta tashrif buyuruvchiga to‘gri keladigan o‘rtacha xarajatdan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Tashrif buyuruvchi kuzatuv birligi hisoblanadi. Tashrif buyuruvchining sarf-xarajatlari esa – tahlil birligidir. Kuzatuv tashrif buyuruvchilarning ixtiyoriylik va so‘rov (intervyu)da bevosita ishtirok etishi tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuv o‘tkazish joylari ro‘yxati va so‘rovnomalar soni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilanadi (ilova). Kuzatuv birligi miqdori va kuzatuv o‘tkazish joylari ro‘yxati tashrif buyuruvchilar oqimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida tanlab olinadi. Kuzatuvni tashkil qilish va o‘tkazish Turizm va madaniy meros vazirligi va Investitsiya va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.