11/05/2022

Joriy yilning 11-may  kuni “Tohir–Bag‘dod” telekanali, Rishton hamda Bag‘dod tumani statistika bo‘limlari hamkorligida Bag‘dod tumani “Sho‘r oqyer” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan  targ‘ibot va tashviqot ishlari o‘tkazildi.

photo2022-05-1212-39-18
photo2022-05-1212-39-15
photo2022-05-1212-39-05
photo2022-05-1212-39-12
photo2022-05-1212-39-18 photo2022-05-1212-39-15 photo2022-05-1212-39-05 photo2022-05-1212-39-12

Tadbirda Rishton tuman statistika bo‘limi boshlig‘I O‘.Teshaboyev  tomonidan ishtirokchilarga  aholini ro‘yxatga olish  keng qamrovli, ko‘p vaqt va mablag‘ talab qiladigan tadbir ekanligi, mazkur qaror bilan ushbu tadbir 3 bosqichda amalga oshirilishi (tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish va natijalarini tahlil qilish) va bir qator mas’ul davlat idoralarining vazifalari ko‘rsatilganligi, ro‘yxatga olish ishlari bevosita mahallalar kesimida tashkil etilishi haqida batafsil axborot berdi. Shundan so‘ng Bag‘dod tumani statistika bo‘limi boshlig‘I K.Imomov tomonidan mahalla, ko‘cha, xonadon va u erda yashovchi fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar qanchalik aniq va to‘g‘ri shakllantirilgan bo‘lsa, ro‘yxatga olish ishlarining natijasi shunchalik samarali bo‘lishi, tayyorgarlik ishlarining aksariyatini bevosita mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda  olib borish belgilanganligi haqida to‘xtalib o‘tildi.

 

Axborot xizmati.