18/05/2022

Kuni kecha Qo‘qon Pedagogika Institutining o‘qituvchi va talabalari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi mutaxassisi G‘.Mamajonov qatnashdi.

photo2022-05-1909-12-09
photo2022-05-1909-12-06
photo2022-05-1909-12-04
photo2022-05-1909-12-00
photo2022-05-1909-12-09 photo2022-05-1909-12-06 photo2022-05-1909-12-04 photo2022-05-1909-12-00

U o‘z so‘zida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  710-sonli qarorida ko‘zda tutilgan vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaro aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida faol qatnashishi, mazkur jarayonning asosiy maqsadi -  mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi, olingan ma’lumotlar asosida manzilli  dasturlarni ishlab chiqishga qaratilganligi haqida to‘xtalib o‘tdi. 

Axborot xizmati.