18/05/2022

Joriy yilning 17-may kuni O‘zbekiston tumaniga qarashli “Yaypan Guzar” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi.

photo2022-05-1909-31-06
photo2022-05-1909-31-03
photo2022-05-1909-31-00
photo2022-05-1909-30-57
photo2022-05-1909-30-55
photo2022-05-1909-31-06 photo2022-05-1909-31-03 photo2022-05-1909-31-00 photo2022-05-1909-30-57 photo2022-05-1909-30-55

Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A. Abdurazakov O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi J.Madrahimovlar qatnashib, aholini ro‘yxatga olish jarayonlari 2023-yilda o‘tkazilishi, hozirgi kunda ushbu jarayonga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilayotganligi haqida to‘xtalib, aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi  kabi ma’lumotlar to‘planishi va yagona elektron bazaga kiritilishi haqida axborot berib o‘tdilar. Bundan tashqari raqamlanmagan uylarni raqamlashtirish, mahalla xaritasiga o‘zgarishlarni kiritib, uni yangilash ishlarini tez fursatda amalga oshiorish haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

 

                                                                                                                Axborot xizmati