19/05/2022

"O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan joriy yilning 18-may kuni Oltiariq tumaniga qarashli “Yangi chek” mahalla fuqarolar yig‘inida “Tohir-Bag‘dod” televideniyasi hamda Oltiariq tumani statistika bo‘limi hamkorligida targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazildi.

photo2022-05-2006-14-11
photo2022-05-2006-14-08
photo2022-05-2006-14-05
photo2022-05-2006-14-02
photo2022-05-2006-14-11 photo2022-05-2006-14-08 photo2022-05-2006-14-05 photo2022-05-2006-14-02

Tadbirda Oltiariq tumani statistika bo‘limi boshlig‘I B.Siddiqov tomonidan  aholini ro‘yxatga olish O‘zbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iborat ekanligi, aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar yashash shart-sharoitlarini yaxshilash, mamlakatning demografik vaziyatdagi o‘zgarishlarni baholashga doir ma’lumotlar bazasini kengaytirish kabi shu va boshqa ma’lumotlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari mahalladagi raqamlanmagan yularni raqamlashtirish ishlarini tezlashtirish, vahalla xaritasidagi o‘zgarishlarni aniqlab xaritani yangilash ishlari haqida tushuncha berildi.

Oltiariq tumani statistika bo‘limi.