20/05/2022

📆Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-mart holatiga viloyat bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi boʻlgan 12,6 mln. AQSh dollari qiymatiga teng 19,5 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilingan. Bunda 2021-yilning mos davriga nisbatan 5,4 mln. AQSh dollarida o‘sish kuzatilib, 74,9 %ga o‘sdi.

⬇️Shundan:
🍑Meva va rezavorlar - 3,3 ming tonna
🥜Yer yong‘oq – 0,2ming tonna
🍇Uzum -1,5 ming tonna
🌰Qurutilgan uzum – 0,5 ming tonna
🥬Karam – 5,7 ming tonna
🍅Pomidor – 2,7 ming tonnaga to‘g‘ri keldi.

⬇️Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari
Rossiya Federatsiyasi - 10,6 ming tonna
Qozogʻiston – 2,3 ming tonna
Qirgʻiz Respublikasi – 5,5 ming tonna
Ukraina – 0,3 ming tonnaga toʻgʻri kelgan.