🏢Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-aprel holatiga viloyat bo‘yicha Farg‘ona viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 69,9 %i yoki 1 597,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.
⬇️Shundan:
♻️Yirik qurilish tashkilotlari - 143,8 mlrd. so‘m
♻️Kichik korxona va mikrofirmalar- 948,6 mlrd. so‘m
♻️Norasmiy sektor- 505,3 mlrd. so‘m bo‘yicha taqsimlandi.