Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-aprel holatiga viloyat bo‘yicha davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 47,0 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 2 239,4 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning viloyatdagi ulushi mos ravishda 2,1 % va 97,9 %ni tashkil etdi.