23/05/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-aprel holatiga viloyat bo‘yicha Farg‘ona viloyati kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 68,5 %i to‘g‘ri kelib, 2021-yilning yanvar-aprel oylariga ko‘rsatkichiga nisbatan 2,8 foizga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,2 %ni tashkil etgan holda 1 566,0 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

⬇️Shundan eng yuqori ko‘rsatkichga ega hududlar:
🔴Farg‘ona shahri - 473,5 mlrd. so‘m
🟢Qo‘qon shahri - 236,5 mlrd. so‘m
🔴Marg‘ilon shahri - 208,7 mlrd. so‘m
🟢Bag‘dod tumani - 207,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.