Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-aprel holatiga Farg‘ona viloyati korxonalari tomonidan 8 345,9 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021-yilning yanvar-aprel oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 106,5 %ni tashkil etdi.
👇Shundan:
🟢Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash - 20,3 mlrd. so‘m
🟢Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash - 479,5 mlrd.so‘m
🟢Ishlab chiqaradigan sanoat - 7 778,9 mlrd. so‘m
🟢Suv bilan ta’minlash; kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish - 67,2 mlrd.so‘mni tashkil etdi.